O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, bir necha rasmiylarga nisbatan intizomiy choralar qo‘llanildi.

Pro liga 5-turi doirasidagi “Neftchi”- “Xorazm” uchrashuvidagi “Xorazm” jamoasi futbolchilari Ravshanbek Sultonov va Ro‘zimboy Ahmedov uchrashuv yakunidan so‘ng, bosh hakam sha’niga haqoratli so‘zlar ishlatgani uchun 3 ta o’yinga chetlatish va jarima intizom chorasi qo’llanildi.

Ayollar oliy ligasi 1-turi doirasidagi “Buxoro W”- “Lokomotiv W” uchrashuvidagi “Buxoro W” jamoasi bosh murabbiyi Gennadiy Kochenev uchrashuvning 76-daqiqasida bosh hakamga o‘z noroziligini qo‘pol tarzda bildirgani uchun qizil kartochka bilan jazolangan. Ushbu harakat uchun Kochenevga 2 ta o’yinga chetlashtirish hamda jarima intizom chorasi qo’llanildi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-tur doirasidagi “Lokomotiv”- “Turon” uchrashuvidagi “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Xurshidbek Muxtorov o’yinning 73-daqiqasida “Turon” futbolchisiga nisbatan qo‘pol xatti-harakati uchun maydondan chetlashtirilgani o’rganib chiqildi. Futbolchiga 4 ta o’yinga chetlashtirish va jarima jazosi belgilandi.

“U18” Birinchiligi 1-tur doirasidagi “Yangiyer U-18”- “Turon U-18” uchrashuvi “Turon U-18” jamoasi futbolchisi Bahodir Sultonov uchrashuvning 90+5-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Bu holat uchun futbolchi 3 ta o’yinga diskvalifikatsiya qilindi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 3-tur doirasidagi “Turon”- “Andijon” uchrashuvidagi “Andijon” jamoasi rasmiy vakili Doniyor Usmonov bahsning 72-daqiqasida bosh hakam sha’niga xaqoratli so‘zlar ishlatgani uchun maydondan chetlashtirilgandi. Mazkur holat yuzasidan Usmonovga jarima intizomiy chorasi belgilandi.

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichi 2-turi doirasidagi “Oq tepa”- “Olimpik” uchrashuvi yakunidan so‘ng, O‘FA hakamlar bo‘limi boshlig‘i Erkin Baxtiyorov tomonidan bildirgi kelib tushdi. Bunga ko‘ra, “Oq tepa” jamoasi futbolchisi Olimxon Karimov bellashuvning 81-daqiqasida hakam qaroriga nisbatan nojo‘ya harakat bildirgan. Ushbu holat o’rganib chiqilib, Karimovga jarima jazosi qo’llanildi.