Free ebooks Library zlibrary project

Barchamizga ma’lumki davlatimiz rahbarining “O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida futbol sohasida bevosita faoliyat olib boradigan shaxslar tomonidan totalizator o‘ynash, o‘yinga yoki uning natijasiga ta’sir o‘tkazish maqsadida kelishilgan o‘yinlar uyushtirish, ularda ishtirok etish jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortilishi masalasiga alohida urg‘u berilgan.

Shu munosabat bilan 2021-yilgi futbol mavsumi starti oldidan O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruhi vakillari Yaypanning “Turon” hamda Yangiyerning “Yangiyer-Quruvchi” futbol klublari a’zolari hamda futbol hakamlari va nazoratchilari bilan davra suhbati tashkil etdi.

Davra suhbatida kelishilgan o‘yinlarga qarshi kurashish mavzusida tushuntirish ishlari olib borildi. Bunda totalizator o‘ynash, uchrashuv natijasiga ta’sir o‘tkazish uchun kelishilgan o‘yinlar tashkil qilish, ularda ishtirok etish holatlarini bartaraf etish, shu kabi o‘yinlarda qatnashishga undash holatlari uchraganda birinchi navbatda tegishli organlar hamda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasini xabardor qilish lozim ekanligi borasida tushuntirishlar berib o‘tildi.