Xabaringiz bor, bugungi kunda mamlakatimizda karantin qoidalari amal qilmoqda. Ushbu qoidalarga toʼliq rioya qilgan holda Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasining barcha boʼlimlari oʼz faoliyatini masofadan turib davom ettirishmoqda.
Mutaxassislar uy sharoitida rahbariyat tomonidan belgilangan vazifalar boʼyicha ish olib borishyapti. Shuningdek, onlayn videomuloqot orqali amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinyapti.
Oʼzbekiston futbol assotsiatsiyasi barcha hamyurtlarimizni karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.
Uyda qoling, oʼzingiz, oilangiz, qolaversa barcha yurtdoshlarimiz salomatligiga befarq boʼlmang!