Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bugun, 24-avgust kuni Kuala-Lumpur (Malayziya) G‘arbiy va Sharqiy zonalar bo‘yicha OFK Chempionlar ligasining 2023/24-yilgi mavsumi guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston Superligasining amaldagi g‘olibi “Paxtakor” “A” guruhidan joy oldi. Toshkent klubiga “Al-Feyha” (Saudiya Arabistoni), “Ahal” (Turkmaniston) va “Al-Ayn” (BAA) raqiblik qiladi.

2023-yilgi O‘zbekiston kubogi sohibi “Nasaf” esa “Al-Sadd” (Qatar), “Al-Faysali” (Iordaniya) hamda “Sharja” (BAA) klublari joylashgan “B” guruhidan o‘rin egalladi.

Joriy yilda Karim Benzema, Fabinyo va Ngolo Kante bilan shartnoma imzolagan “Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni), bundan tashqari “Sepaxon” (Eron) va “Eyr Fors” (Iroq) Olmaliqning OKMK jamoasi bilan birgalikda “C” guruhidan joy oldi.

Tarkibida Neymar, Malkom, Sergey Milinkovich-Savich, Yassin Bunu va Ruben Nevesh singari jahon futboli yulduzlari bo‘lgan “Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni) turnirdagi ishtirokini “D” guruhidan boshlaydi. Guruhda Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan birga “Nassaji” (Eron), “Mumbay Siti” (Hindiston) klublari ham bor.

Dushanbening “Istiqlol” jamoasi “E” guruhidan joy oldi va unda portugaliyalik Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Al-Nassr” (Saudiya Arabistoni) klubi bilan kuch sinashadi. Shuningdek ushbu guruhda Osiyoning grand jamoalari – “Al-Duhayl” (Qatar) va “Persepolis” (Eron) ham pley-off bosqichiga chiqish uchun kurash olib boradi.

Osiyo chempionlar ligasi reglamenti

Har biri to‘rtta jamoadan iborat o‘nta guruh tuzildi. Osiyo klublari ishtirok etuvchi asosiy turnirning guruh bosqichi olti turdan iborat bo‘lib, 18-sentyabrdan 13-dekabrga qadar davom etadi. Barcha jamoalar uy-safar tizimi asosida o‘yin o‘tkazadi.

Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, har bir zonadan (G‘arb va Sharq) beshtadan guruh g‘oliblari, shuningdek, o‘z kvartetlarida eng yaxshi natija bilan ikkinchi o‘rinni egallagan uchtadan jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘l oladi.