Avval xabar berganimizdek, yurtimiz maydonlarida U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichi “D” guruhidan oʻrin olgan oʻyinlar boʻlib oʻtadi.

Ertaga dastlabki tur bahslari oldidan “Paxtakor” stadionida jamoalar bosh murabbiylari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Matbuot anjumanida barcha turdagi OAV vakillari ishtirok etishlari mumkin. Tadbir OFKning COVID-19 pandemiya sharoitida oʻyinlar tashkil etish protokoliga muvofiq karantin talablarga rioya qilingan holda oʻtkaziladi.

26-oktyabr kungi matbuot anjumanlari:

11:30 | Bangladesh

12:00 | Kuvayt

12:30 | Saudiya Arabistoni

13:00 | O‘zbekiston