Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, 2-3 fevral kunlari futzal bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Argentina bilan Toshkentda o’rtoqlik o’yinlari o’tkazadi.

Ushbu uchrashuvlarni o’z nashrlarida yoritmoqchi bo’lgan OAV vakillari maxsus akkreditatsiya orqali o’yin oldi matbuot anjumani, rasmiy mashg’ulotlar va “O’zbekiston” sport majmuasiga kirishlari mumkin.

Sportga ixtisoslashgan OAV vakillari 29-yanvar soat 09.00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga uchrashuvga tashrif buyuradigan 4 nafargacha bo’lgan xodimlar ro’yxatini yuborishi so’raladi.

Ushbu muddat ichida rasmiy tarzda xabar yubormagan OAV vakillari o’yin oldi tadbirlar va O’zbekiston – Argentina o’rtoqlik o‘yinlariga tashrif buyura olmaydi.

Tadbirlarda sanitariya qoidalariga amal qilish so’raladi.