Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Xabaringiz bor, 8-oktyabr kuni O’zbekiston milliy terma jamoasi Eron bilan Toshkentda o’rtoqlik o’yini o’tkazadi. Shuningdek, 7- va 9-oktyabr kunlari futzal bo’yicha terma jamoamiz ham eron futzalchilarga qarshi kurash olib boradi.

Ushbu uchrashuvlarga tashrif buyurmoqchi bo’lgan OAV vakillari maxsus akkreditatsiya orqali stadionga kirishlari mumkin.

Pandemiya sharoiti tufayli bosma yoki internet nashrlaridan bir nafardan jurnalist va fotograf, televideniya xodimlaridan bir nafardan muxbir va operatorga bevosita stadiondan faoliyat olib borishiga ruxsat beriladi.

O’z nashrlari orqali sport sohasini yoritib boradigan OАV vakillari 4-oktyabr soat 17.00 ga qadar media@ufa.uz elektron pochtasiga uchrashuvga tashrif buyuradigan ikki kishilik xodimlar ro’yxatini yuborishi so’raladi.

Ushbu muddat ichida rasmiy tarzda xabar yubormagan OAV vakillari MTJ mashg’ulotlari va O’zbekiston – Eron o’rtoqlik o‘yinlariga tashrif buyura olmaydi.

Ro’yxatdan o’tgan OAV vakillari mazkur akkreditatsiyalarni 6-oktyabr kuni O’FA binosidan olib ketishlari mumkin.

Stadion hududida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga amal qilish so’raladi.

OFKning COVID-19 pandemiya sharoitida o’yinlar tashkil etish protokoliga muvofiq, OAV vakillari uchun quyidagilar taqiqlanadi:

– kiyinish xonasini suratga/tasvirga tushirish;
– o’yindan avval va o’yindan keyin futbolchi yoki murabbiy ishtirokidagi “stand-up” intervyular;
– mikst zonadan foydalanish;
– media markazdan foydalanish.

O’yin kuni faqatgina teletranslyatsiya (HB) muxbiri kamida 2 metr ijtimoiy masofa saqlagan holda, ikkala jamoa bosh murabbiyi va futbolchilaridan qisqa (“flesh”) intervyu olishiga ruxsat beriladi. Bunda muxbir tibbiy niqob va qo’lqop taqishi, stendli yoki uzun tutqichli mikrofonlardan foydalanishi majburiy hisoblanadi.

O’yindan avval futbolchilarni maydonga chiqib kelish va jamoaviy suratga tushish jarayonida ishlash uchun faqatgina rasmiy fotografga ruxsat beriladi.

O’yindan keyingi matbuot anjumanida ovoz yozib olish qurilmalarini (diktofon, telefon va boshqalar) murabbiylar oldidagi stolga qo’yishi taqiqlanadi. Bunda, stendli mikrofonlardan foydalanish tavsiya etiladi.

Shuningdek, fotograflarga anjumanning faqatgina dastlabki 5 daqiqasi davomida suratga olishiga ruxsat beriladi.