Free ebooks Library zlibrary project

Milliy chempionat uchrashuvlarida qisqa tanaffus yuzaga kelgani munosabati bilan OʼFA hakamlar va nazoratchilar boshqarmasi 14-aprel sanasidan boshlab mamlakat chempionati bahslarini boshqarib boruvchi hakam, yordamchi hakam hamda nazoratchilar uchun 1 oylik onlayn tahsil jarayonini boshladi.

May oyining yarmiga qadar davom etadigan onlayn darslar bir qator muhim mavzularni oʼz ichiga oladi. Jumladan, hakamlar maydondagi yakkakurashlar, jarima maydoni ichidagi bahsli vaziyatlar, oʼyindan tashqari holat, taktik follar, qoʼl bilan oʼynash kabi mavzular boʼyicha oʼz bilimlarini mustahkamlashadi hamda oʼyin qoidalari boʼyicha testlar topshirishadi.

Ushbu onlayn tahsil jarayonining yana bir muhim mavzusi VAR tizimidan foydalanish boʼladi. Onlayn darslarni FIFA va OFK yoʼriqchisi Farhod Abdullaev hamda OFK yoʼriqchisi Vladislav Seytlin olib borishadi.

Yakunda hakamlar yuqoridagi mavzular boʼyicha jami 10 ta test topshiriqlari bajarishadi.