Osiyo futbol konfederatsiyasi Qoʻmitalarining vakolat muddati 2023-2027-yillarni tashkil etuvchi yangi tarkibi eʼlon qilindi.
MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov Osiyo futbol konfederatsiyasining Yuridik Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shuningdek, Doimiy Qoʻmitalarning yangi tarkibidan oʻzbekistonlik mutaxassislar ham joy olishdi. Xususan:
Avaz Maksumov — Assotsiatsiyalar Qoʻmitasi;
Jahongir Usmonov — Futzal va Sohil futboli Qoʻmitasi;
Baxtiyor Dadamatov — Texnik Qoʻmitasi;
Aziza Tatlimuratova — Ayollar futboli Qoʻmitasi;
Kamoliddin Abdullayev — Media va kommunikatsiyalar Qoʻmitasi tarkibiga tasdiqlandi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Irmatov OFK Ijroiya Qoʻmitasining Markaziy Osiyo mintaqasiga saylangan hamda tashkilotning Hakamlar Qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan edi.