Free ebooks Library zlibrary project

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi soʻngi yillarda UEFA Assist bilan hamkorlikda futbolni rivojlantirish borasida turli yoʻnalishlarda dasturlarni ishga tushirib kelmoqda. Xususan, endilikda “Ayollar uchun futbol” dasturining mamlakatimizda tatbiq etilishga erishildi.

UEFA Assistʼning ushbu dasturi ayollar futbolini rivojlantirish va ayollarning sportga doimiy jalb etilishini taʼminlash, bu koʻrsatkichni oshirish uchun samarali boshqaruv tuzilmalarini joriy etishni koʻrsatuvchi keng qamrovli ilmiy seminarlardan iborat. Seminarlar, shuningdek, ayollar futbolini professional darajaga olib chiqish, uning moliyaviy tomonlarini oʻrganish, aholi orasida keng targʻib qilish va marketing kabi mavzularni oʻz ichiga oladi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi butun mamlakat boʻylab ayollar futbolini rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratish siyosatini olib bormoqda. “Ayollar uchun futbol” dasturi xotin-qizlar futbolini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarni berishi muhimdir.

Maʼlumot uchun, “Ayollar uchun futbol” dasturi UEFA Assistʼning asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Oʻzbekistonda mazkur dastur doirasidagi tadbirlar joriy yilning 4-7-may kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.