Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi “Lokomotiv” stadionida Koreya Respublikasining 20 yoshgacha futbolchilardan iborat terma jamoasi bilan kuch sinashdi.

Qiziqarli oʻtgan bahsda Ravshan Haydarov shogirdlari bitta gol kiritgan holda oʻz darvozalaridan ham toʻp olib chiqishga majbur boʻldilar. Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuvda gʻolib nomi aniqlanmadi.

Eslatib oʻtamiz, keyingi uchrashuv 8-noyabr sanasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:1 Koreya 🇰🇷

Gollar: Zafar Hakimov (avtogol) 8ʼ, Poʻlatxoʻja Xoldorxonov 50ʼ.