Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston U-18 terma jamoasi 20-noyabr kuni navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlariga kirishadi. Yigʻinning ikkinchi qismi Turkiyada davom ettiriladi. Oʻsmirlar terma jamoamiz Antaliyada turkiyalik tengdoshlariga qarshi maydonga tushadilar. Bahslar 26-28-noyabr kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Jamoani ushbu oʻyinlarga isteʼdodli yosh mutaxassis Farhod Nishonov bosh murabbiy sifatida tayyorlab boradi. Shuningdek, tajribali mutaxassis Rauf Inileyev Oʻzbekiston U-18, U-17, U-15 va U-14 terma jamoalarida maslahatchi murabbiy sifatida faoliyatini davom ettiradi.

⚽️ U-18 oʻrtoqlik uchrashuvlari:

26-noyabr
🇹🇷 Turkiya — Oʻzbekiston 🇺🇿

28-noyabr
🇹🇷 Turkiya — Oʻzbekiston 🇺🇿