Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston o’smirlar terma jamoasi 22-28-sentyabr kunlari Polshada boʻlib oʻtadigan “Syrenka Cup 2022” xalqaro turnirida ishtirok etadi. Ushbu terma jamoani tajribali mutaxassis Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi murabbiylar shtabi boshqarib boradi.

Turnir gʻolibligi uchun 8ta terma jamoa kurash olib boradi:

O’zbekiston
Portugaliya
Meksika
Polsha
Norvegiya
Rominiya
Angliya
Chexiya

O’zbekiston o’smirlar terma jamoasi turnirni Polshaga qarshi uchrashuv bilan boshlaydi.

23-sentyabr
Polsha — O’zbekiston🇺🇿

Ma’lumot o’rnida ushbu turnirda O’zbekiston ikkinchi marotaba ishtirok etib kelmoqda. Ibrohimhalil Yo’ldoshev va Jasur Jaloliddinovlar bo’lgan o’smirlar terma jamoamiz 2017 yilda “Syrenka Cup 2022” xalqaro turnirida xorijlik tengdoshlari bilan bahs olib borishgan