Free ebooks Library zlibrary project

1-18-mart kunlari yurtimiz mezbonligi ostida oʻtgan 20 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi oʻz yakuniga yetdi. Qitʼa birinchiligi uchun oʻtkazilgan bahsning final uchrashuvida Oʻzbekiston hamda Iroq yoshlar terma jamoalari oʻzaro kuch sinashdilar.

Qiziqarli va kurashlar ostida oʻtgan bahsda oʻzbekistonlik yoshlar gʻalaba qozonib, bosh sovringa ega chiqdi.

🇺🇿 Oʻzbekiston 1:0 Iroq 🇮🇶

Gol: Umarali Rahmonaliyev 72′ (p).

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasining Iroqqa qarshi final uchrashuvini bevosita stadiondan kuzatish uchun uchrashuvga tashrif buyurdi hamda taqdirlash marosimida ishtirok etdi.