Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, terma jamoamiz aʼzosi Hojimat Erkinovda Covid-19 infeksiyasi aniqlangan edi. Kuni kecha futbolchimiz qayta test topshirdi. Quvonarlisi, Erkinovning bu galgi test natijasi manfiy chiqdi va uning karantindan chiqishiga ruhsat berildi. Shifokorlar koʻrigidan soʻng, Erkinov bugundan boshlab yakka tartibda yengil mashgʻulotlarga kirishdi.

Shuningdek, delegatsiyamizning qolgan aʼzolari ham navbatdagi PTSR testlarini topshirdilar. Unga koʻra, darvozabonimiz Umidjon Ergashevda test natijasi musbat ko’rsatdi. Shuni taʼkidlash kerakki, ayni paytda futbolchimiz o’zini yaxshi his etyapti va koronavirusning simptomlari koʻzga tashlanmayapti. Shu sababli, bir necha kundan keyin qayta test topshirishi rejalashtirilgan. Ayni vaqtda u yakkalangan holda karantin oʻtamoqda.