Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatining 3-saralash bosqichi 8-turida Tehronda Eronga qarshi kurash olib bordi. “Ozodiy” stadionida boʻlib oʻtgan bahsda jamoalar 2:2 hisobida durang natija qayd etdi. Oʻzbekistonning gollariga Hojimat Erkinov (16ʼ) va Abbosbek Fayzullayevlar (53ʼ) mualliflik qildi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati 3-saralash bosqichining “A” guruhida 8-turidan so’ng 17 ochko jamgʻargan holda ikkinchi pogʻonani band qilib turibdi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 5-iyun kuni Birlashgan Arab Amirliklari, 10-iyunda Qatar terma jamoasi bilan kuch sinashadi.