24-dekabr kuni Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining navbatdagi hisobot Kongressi oʻtkazildi. Kongressda kun tartibidan oʻrin olgan quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
I. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2021-yil 25-dekabrda oʻtkazilgan navbatdan tashqari Kongress bayonini tasdiqlash.
II. Moliyaviy hisobotni oʻz ichiga olgan 2021-yil uchun auditorlik hisobotini tasdiqlash.
III. Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2022-yil faoliyati toʻgʻrisidagi hisoboti.
Kongressdan soʻng, taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Unda oʻzbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan bir guruh mutasaddilar, mutaxassislar va futbol fidoyilariga “Oʻzbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishonlari topshirildi.