Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

“Paxtakor” futbol jamoasi safida eng koʻp rasmiy oʻyin oʻtkazgan futbolchi va SSSR chempionati oliy hamda birinchi liga toʻpurariga aylangan Birodar Abduraimov klub va futbolimiz afsonalaridan biri sanaladi.

Uning “Paxtakor” safidagi oʻyinlarini barcha faxr bilan tilga oladi. Abduraimov familiyasini eshitganda muxlislar koʻz oʻngida golga tashna hujumchi gavdalanadi desak, xato qilmagan boʻlamiz. U nafaqat futbolchi, balki murabbiy sifatida ham katta natijalarga erisha olgan.

Birodar Abduraimov 1943-yilning 14-mayida Toshkent shahrida tavallud topdi. Bolaligidan sportga qiziqqan Birodar tengdoshlari bilan mahallada futbol oʻynar, boʻsh vaqt topdi deguncha stadion tomon oshiqardi. U yoshligida erkin kurash bilan shugʻullanib, yoshlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempioniga ham aylangan. Ikki sport turidan futbolni tanlagan Abduraimov 16 yoshida Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasiga kiritildi. Sergey Arutyunov boshchiligidagi bu jamoa Chimkent va Petropavlovskdagi musobaqalarda muvaffaqiyat qozongan.

U har bir mashgʻulot payti zalda soatlab shugʻullanar, burchak zarbasini qoyilmaqom tarzda tepishni oʻzlashtirar, tinkasi qurisa hamki, yana va yana mashq qilaverardi. Shu tarzda Birodar uchun omadli yillar boshlandi. Oldinda uni “Paxtakor” kutardi.

Abduraimov 17 yoshidan “Paxtakor”ning asosiy tarkibida maydonga tushgan va debyut uchrashuvida “Qayrat” darvozasini ishgʻol qilgan. “Paxtakor” uchun chempionatlarda umumiy hisobda rekord miqdordagi oʻyinlarni oʻtkazgan – 358ta. Jami rasmiy bellashuvlarda esa 500dan ortiq bahsda 200dan koʻproq gol muallifiga aylangan va yurtimizning XX asrdagi eng yaxshi toʻpurari deb tan olingan.

1960-74 yillarda “Paxtakor” jamoasining yetakchi hujumchisi sifatida ajoyib oʻyinlari bilan oʻzbek nomini dunyoga tanitdi. Abduraimov namoyish etgan fintlar butun SSSR miqyosida mashhur sanalgan va uning oʻyinlarini koʻrish uchun stadionga koʻplab ishqibozlar tashrif buyurishgan. Quyida biz sanab oʻtadigan faktlar uning chinakam isteʼdod sohibi ekanligini yaqqol koʻrsatib turibdi.

Mamlakat chempionatlarida 425 uchrashuvda ishtirok etgan, shu jumladan, “Paxtakor” tarkibida 358 uchrashuvda qatnashgan.

1968-yili SSSR chempionati oliy ligasida 22 gol, 1972-yili birinchi ligada 34 gol bilan eng sermahsul toʻpurarga aylangan.

Nufuzli turnirlarda 106 ta gol kiritib, “Grigoriy Fedotov nomidagi toʻpurarlar klubi” aʼzosiga aylangan.

SSSR kubogi finalchisi boʻlgan.

1990-yili Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan murabbiy unvoni bilan taqdirlangan.

1992-yili bosh murabbiy sifatida Namanganning “Navbahor” jamoasi bilan Oʻzbekiston Kubogining birinchi sohibi sifatida tarixga kirgan.

1994-yili Yaponiyaning Xirosima shahrida oʻtkazilgan XII Osiyo oʻyinlarida Oʻzbekiston terma jamoasi katta murabbiyi sifatida chempionga aylangan.

Birodar Hasanovich Oʻzbekiston futbolida oʻz oʻrniga ega Abduraimovlar sulolasiga asos solgan. Toʻngʻich oʻgʻli Azamat terma jamoamiz tarkibida Osiyo oʻyinlari chempioni, bir qator mamlakatlar chempionatlari gʻolibi boʻlgan. Yana bir farzandi Jasur Abduraimov endilikda “Paxtakor” jamoasi murabbiylar shtabida ishlamoqda. Oʻz vaqtida yana bir farzandi Bahodir ham professional darajada futbol oʻynagan.

Birodar Abduraimov “Shuhrat” medali (1994), “Oʻzbekiston iftihori” (2003) koʻkrak nishoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” (2006) ordeni bilan mukofotlangan.

Faoliyati mobaynida yana Moskvaning “Spartak” va SSKA, Yangiyerning “Meliorator” klublari sharafini himoya qilgan.

Manba: https://t.me/Pakhtakor_FC