Free ebooks Library zlibrary project

Avval xabar berganimizdek, futbolimiz tibbiyoti samaradorligini yangi saviyaga olib chiqish, barcha jamoalar, futbol akademiyalari tibbiy xodimlarining malakasini oshirish, ularning faoliyatini zamon talabiga mos ravishda muvofiqlashtirish maqsadida OʻFA qoshida Tibbiy qoʻmita tashkil etildi.

Bugun OʻFA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligida qoʻmitaning navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish davomida mutaxassislar fikrlari tinglandi, qisqa muddat ichida amalga oshirilgan bir qator ishlar va kelgusi rejalar muhokama qilindi.

Futbolimizdagi barcha tibbiy xodimlarning faoliyatida asosiy yoʻnalishlarini belgilab beruvchi, ilmiy asoslangan hamda zamonaviy sport tibbiyoti yutuqlaridan samarali foydalangan holda tuzib chiqilishi rejalashtirilayotgan “Tibbiy qoʻllanma” yaratish yoʻlidagi harakatlarni yanada tezlashtirish zarurligi aytildi. Shuningdek, yaqin kunlarda barcha futbol shifokorlari ishtirokida konferensiya tashkil qilish hamda qoʻmita faoliyatga taalluqli boshqa masalalar muhokama qilindi.