Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Prezidenti Abdusalom Azizov Gruziyaga qarshi bahs oldidan milliy terma jamoa aʼzolari bilan uchrashdi. Futbolimiz rahbari milliy jamoa oldida turgan keyingi musobaqalar masʼuliyati, ularga tizimli tayyorgarlik koʻrish, har bir oʻyinda sidqidildan harakat qilish lozimligi haqida fikr bildirdi.

Milliy terma jamoada oʻynash har bir futbolchi uchun faxr ekanligi, jamoa birdam boʻlib, Vatan sharafi uchun kurashishi va yurt obroʻsini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, futbolchi va murabbiylar bilan oʻtgan suhbatda ijobiy natijalarga erishish uchun OʻFA tomonidan barcha zarur sharoitlar taqdim etilishi maʼlum qilindi. Oʻz oʻrnida jamoamizning bir qator yetakchi futbolchilari oʻz fikrlarini bildirib oʻtishdi. Abdusalom Abdumavlonovich boʻlajak uchrashuvlarda jamoamizga omad tiladi.

Abdusalom Azizov murabbiylar shtabi bilan suhbatda tayyorgarlik jarayonida kuchli jamoalarga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlari oʻtkazish muhimligini eʼtirof etdi. Srechko Katanes terma jamoamiz bilan ishlashdagi dastlabki taassurotlari va fikr-mulohazalarini bildirdi. Klublardagi muntazam mashgʻulotlarda futbolchilarning jismoniy tayyorgarligiga alohida eʼtibor qaratish zarurligi aytilib, bu borada jamoalarga kerakli koʻrsatmalar berilishiga qaror qilindi.

Tibbiy shtab tomonidan jarohat olgan futbolchilar borasida maʼlumotlar eshittirildi va OʻFA Prezidenti ularga eng zamonaviy, yuqori darajadagi tibbiy yordam koʻrsatish amaliyotini davom ettirishga koʻrsatma berdi.

Shundan soʻng Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi bahsda ishtirok etish uchun Tbilisiga joʻnab ketdi.