Free ebooks Library zlibrary project

BAAning Dubay shahrida FIFA Forward 3.0 dasturi doirasida Markaziy va Janubiy Osiyo futbol assotsiatsiyalari vakillari ishtirokida ikki kunlik seminar boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi bosh kotibi Avaz Maksumov, bosh hisobchi Surayyo Poʻlatxoʻjayeva va xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi Sherzod Igamberdiyev ishtirok etdi.

Seminarda bir qancha muhim mavzular, jumladan, ayollar futboli va jahon futbolini rivojlantirish loyihalari, FIFAning maktablarda futbol va Digital Skills dasturlari yuzasidan munozaralar olib borildi.