Free ebooks Library zlibrary project

Ayni vaqtda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Turizm va sport vazirligi tomonidan anʼanaviy “Uzbekistan Sport Awards-2021” tadbiri oʻtkazildi. Unda turli nominatsiyalar boʻyicha laureatlar aniqlanmoqda.

Yilning “Eng yaxshi matbuot xizmati” nominatsiyasida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Matbuot va media boʻlimi gʻolib deb topildi. Bizning faoliyatimizni munosib baholaganlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Bu yutuqda OʻFA-Media faoliyati uchun barcha moddiy-texnik imkoniyatlarni taqdim qilgan Assotsiatsiyamiz rahbariyati, ahil jamoamiz va albatta bizni kuzatib borayotgan minglab obunachilarimizning hissasi katta. Ishonchingizni oqlash yoʻlida mehnat qilishda davom etamiz.