Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ishchi guruh xodimlari Andijon FMM hamda Andijon viloyati bolalar va oʻsmirlar futbol maktabiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida viloyatda bolalar futboliga yaratib berilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, ayrim vazifalar yuzasida kerakli taklif va topshiriqlar berildi.
Kunning ikkinchi qismida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi terma jamoalar boʻlimi boshligʻi Usmon Toshev hamda Oʻzbekiston U-15 terma jamoasi bosh murabbiyi Server Jeparov andijonlik yosh futbolchilar bilan uchrashdilar. Ochiq va samimiy oʻtgan suhbat yakunida viloyatdagi namunali tarzda faoliyat yuritayotgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining futbol jamoalariga OʻFAning futbol toʻplari topshirildi.