BARCHA QURILISH TASHKILOTLARI DIQQATIGA!
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi “Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumani, G.T.Xvan MFY, Maʼnaviyat koʻchasi, 83A-uy manzilda joylashgan “Doʻstlik” sport kompleksini rekonstruksiya qilish va qurish 1-bosqich” obyektiga bosh pudratchi tashkilotni tanlash yuzasidan tender eʼlon qiladi.
Obyektning boshlangʻich narxi: 17 655 398 270 soʻm
QQS bilan: 15 352 520 235 QQS siz.
Obyektni foydalanishga topshirish muddati: 9 oy.
Obyektning moliyalashtirish manbai: Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining oʻz mablagʻlari hisobidan.
Daʼvogar sifatida tenderda ishtirok etmoqchi boʻlgan korxonalar va tashkilotlar aylanma mablagʻlari tanlov savdosi predmetining 20 % dan kam boʻlmasligi yoki koʻrsatilgan mablagʻlarni taqdim etish boʻyicha bank kafolati, ishlar (xizmatlar) ni bajarish uchun zarur boʻlgan ishlab chiqarish bazalari, mehnat resurslari va mutaxassislariga, tender obyektiga oʻxshash obyektlarda ishlash boʻyicha ish tajribasi, shartnoma tuzish boʻyicha fuqarolik huquqdorligi va vakolatlariga ega boʻlish zarur.
Tender predmeti boʻyicha tender hujjatlarini tender tashkilotchisi – “STROY KONSALTING SERVIS” MCHJning Toshkent shahri, Mirobod tumani, Shahrisabz koʻchasi, 16“a”-uy manzildagi ofisidan (moʻljal: “Agrosanoatloyiha” MCHJ ning maʼmuriy binosining 503-xonasi, tel. 71 256-16-93 yoki 98 338-83-05), eʼlon chiqqan kundan soat 9-00 dan 17-00 gacha olish mumkin.
Tender hujjatlari tender tashkilotchisidan olinganda talabgor tomondan belgilangan tartibda tender hujjatlarini olish boʻyicha buyurtmanoma tender tashkilotchisiga topshirilgan va toʻlov qilingan kundan 3 kun ichida beriladi.
Tender hujjatining bir toʻplamining narxi- 1 000 000 soʻm.
Shuningdek, mazkur eʼlonga ushbu obyektning tender hujjatlari va smeta hujjatlari ilova qilinadi.