Free ebooks Library zlibrary project

13 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi final uchrashuvida Odil Junior jamoasi “Lokomotiv” klubining bolalar jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda Odil Junior jamoasi temiryoʻlchilar darvozasiga javobsiz 3 ta toʻp kiritib, chempionlikni rasmiylashtirdi.

Lokomotiv 0:3 Odil Junior

🥇Odil Junior
🥈Lokomotiv
🥉Namangan FMM

Taqdirlash marosimida turnir davomida oʻzining iqtidor va isteʼdodini namoyish etib, yorqin oʻyin koʻrsatgan yosh futbolchilar ham eʼtirof etildi:

🧤 Eng yaxshi darvozabon — Miraziz Mirabzalov (Lokomotiv)
⚽️ Eng yaxshi futbolchi — Sogʻinchbek Maʼrupov (Namangan FMM)
👟 Musobaqa toʻpurari — Asilbek Aliyev (Odil Junior)

Shuningdek, 15 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi final uchrashuvi ham qizgʻin oʻtdi. Hal qiluvchi uchrashuvda Toshkent shahar FMM va “Paxtakor” bolalar jamoasi bosh sovrin uchun kurash olib bordilar. Qizgʻin oʻtgan uchrashuvda “Paxtakor” jamoasi raqiblari darvozasiga 2 ta toʻp kiritib, ishonchli gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Toshkent sh. FMM 0:2 “Paxtakor”

🥇“Paxtakor”
🥈Toshkent sh. FMM
🥉Odil Junior

Turnir davomidagi yorqin oʻyinlari uchun quyidagi futbolchilar eʼtirof etildi:

🧤 Eng yaxshi darvozabon — Abutalipov Alisher (Toshkent sh FMM)
⚽️ Eng yaxshi futbolchi — Feruz Olimov (“Paxtakor”)
👟 Musobaqa toʻpurari — Davron Toʻlaganov (“Paxtakor”)