Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Apellyatsiya qoʻmitasining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda kun tartibidan oʻrin olgan masalalar, xususan, Tartib-intizom qoʻmitasining 2023-yil 28-martdagi qarori hamda Hakamlar qoʻmitasining 2023-yil 23-martdagi qarori ustidan “Andijon” futbol klubining yozgan apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqildi.

2023-yil 11-mart kuni Superliganing 2-tur doirasida “Surxon” va “Andijon” futbol klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Andijon” futbolchisi Rubin Xebayning uchrashuv bosh hakamini chet tilida haqorat qilganligi oqibatida bosh hakam tomonidan qizil kartochka koʻrsatilgan vaziyat va videoyozuvlar mutaxassislar tomonidan qayta oʻrganib chiqilib, futbolchiga nisbatan tayinlangan intizom jazo chorasini yengillashtirish uchun asoslar mavjudligi toʻgʻrisida fikr berildi.

Apellyatsiya qoʻmitasi Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasining Tartib-intizom qoʻmitasi tomonidan ishga oid taqdim etilgan hujjatlar bilan tanishib chiqib, “Andijon” futbol klubi futbolchisi Rubin Xebayga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy jazo chorasini qisman oʻzgartirish lozim degan xulosaga keldi.

Apellyatsiya qoʻmitasi “Andijon” futbol klubining futbolchisi Rubin Xebayga nisbatan qoʻllanilgan 3 ta oʻyinga chetlashtirish intizom jazosini 2 ta oʻyinga oʻzgartirish hamda jarima intizom jazosini oʻzgarishsiz qoldirish yuzasidan qaror qabul qildi.

Shuningdek, Apellyatsiya qoʻmitasi “Andijon” futbol klubi tomonidan Hakamlar qoʻmitasining 2023-yil 23-martdagi qarori ustidan berilgan shikoyat arizasida Hakamlar qoʻmitasining qarorini oʻzgartirish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlmaganligi uchun qanoatlantirishni rad etdi.