Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bilasiz, ayni paytda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish uchun barchamizdan uyda qolish talab qilinmoqda.

 

Natijada deyarli barcha mamlakatlarda futbol uchrashuvlari ham o’tkazilmayapti.

 

Xo’sh, o’zbekistonlik futbolchilar karantin davrini uyda qanday o’tkazishmoqda? Ular muxlislarga bu borada nimalarni tavsiya qilishadi?

 

Bugun bu haqda O’zbekiston ayollar terma jamoasi yetakchilaridan biri – Nilufar Qudratova bilan suhbatlashdik.

 

– To’g’risi, maydonni juda ham sog’indim. Bu sog’inchni oddiy so’zlar bilan shunchaki ta’riflashning imkoni yo’q. Ishonchim komilki, muxlislarimiz ham futbol uchrashuvlari yana start olishini intiqlik bilan kutishmoqda.

Lekin ayni paytda barchamizdan karantin qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda uyda qolish, bu orqali koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olishda ulkan xissa qo’shish talab etiladi.

 

Men ham uyda qolgan holda o’z vaqtimni mazmunli o’tkazishga harakat qilyapman. Zerikishga aslo vaqt ham bo’lgani yo’q. O’zbekiston Davlat Jismoniy tarbiya va sport universiteti 3-bosqich talabasi bo’lganim sabab ayni vaqtda onlayn darslar davom etyapti. Darslarni yaxshi o’zlashtirishga harakat qilyapman. Qolaversa, Yunus Og‘uzning “Amir Temur” asarini o’qib chiqyapman.

 

Biz – futbolchilar uchun sport formasini ushlab turish juda muhim. Shu sababli murabbiylar bilan aloqada bo’lgan holda mashg’ulotlarni uyda davom ettiryapman. Bu borada muxlislarga ham uyda mashq qilib turishni maslahat bergan bo’lar edim.

 

Karantin bahonasida oila a’zolarimiz bilan birgalikda vaqtni mazmunli o’tkazish imkoniyati ham vujudga keldi. Bundan unumli foydalanishimiz, asosiysi – shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilishimiz lozim. Agar shifokorlar tavsiyalariga to’liq amal qilsak, koronavirusni albatta yengamiz!, – dedi iste’dodli futbolchi.

 

Aziz muxlislar, siz ham karantin qoidalariga amal qiling, uyda qoling!