Free ebooks Library zlibrary project

Kecha Namangan shahrida viloyat futbol mahorat maktabi va Qirg‘izistonning “Aziyagol” jamoalari o‘rtasida xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Ushbu o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvi qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni yanada yaxshilash, turizm va sportni yanada rivojlanishi hamda yosh futbolchilarni professional futbolga tayyorlashga xizmat qildi.

O‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng “Aziyagol” jamoasi a’zolari Namangan viloyati futbol mahorat maktabi, “Yosh-kuch” stadioni va “Navbahor” markaziy o‘yingohiga tashrif buyurib, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. O‘zaro hamkorlikda o‘rtoqlik uchrashuvlari va xalqaro musobaqalar tashkil etish borasida kelishib olindi.