Free ebooks Library zlibrary project

Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov va futbolchi Poʻlatxo‘ja Xoldorxonov Koreyaga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

Ravshan Haydarov

Ertangi oʻyin haqida:
Barchaga assalomu alaykum. Avvalambor, bu bosqichga yetib kelgan jamoalarni tabriklayman. Shu oʻrinda, muxlislarimizga, futbolchilarga, ularning ota-onalari hamda tarbiyalagan murabbiylariga minnatdorchilik bildiraman.

Ertaga bizni muhim uchrashuv kutib turibdi. Tiklanish-tayyorgarlik jarayonlari reja boʻyicha yaxshi oʻtdi, oʻylaymanki, yarim finalda oʻzimiz uchun kerakli boʻlgan natijani qoʻlga kiritamiz.

Futbolchilarning ayni paytdagi holati haqida:
Biz terma jamoaga eng munosib nomzodlarni chaqirganmiz. Bizda 23 nafar kuchli futbolchi bor. Ular individual mahoratli. Lekin biz uchun jamoaviy oʻyin muhim hisoblanadi. Aynan shuning ustida doimiy ishlab boryapmiz va eʼtiborimizni shunga qaratganmiz.

Koreyaga qarshi oʻyin uslubi haqida:
Avstraliyaga qarshi oʻtgan bahsda juda koʻp vaziyatlar yaratdik. Agar siz yutishni xohlasangiz, gol urishingiz, vaziyatlar yaratishingiz kerak.

Koreya hujumda yaxshi harakat qiladi. Ular barcha oʻyinlarda birinchi raqamli boʻlib harakat qilishdi. Jamoaning hujum va yarimhimoyasida tezkor futbolchilar bor. Biroq biz ham oʻzimizning oʻyinimiz, rejamiz boʻyicha maydonga tushamiz.

Poʻlatxo‘ja Xoldorxonov

Ertagalik oʻyin haqida:
Assalomu alaykum. Barcha yurtdoshlarimizni Jahon chempionati yoʻllanmasi va yarim final bilan tabriklayman. Ertaga oʻz oʻyinimizni namoyish etib gʻalaba qozonishni maqsad qilganmiz.

Minglab muxlislar qarshisida oʻynash haqida:
Bu ajoyib. Ular bizni qoʻllab-quvvatlamoqdalar.

Hech qanday bosim emas, ularning qarshisida oʻynash yoqimli va qoʻshimcha kuch beradi.

Raqib haqida:
Koreya oʻziga yarasha kuchli jamoa. Biz ularning oʻyinini oʻrgandik, barcha jamoada boʻlgani singari ularning ham kuchli va kuchsiz tomonlari bor. Ertaga oʻz oʻyinimizni namoyish etib, turnir chempionligi uchun kurashishda davom etamiz.