Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

Zamonaviy birinchi Olimpiya oʼyinlari 1896 yil 6 aprelda – bundan 124 yil oldin Afinada boʼlib oʼtgan edi. Аyni ushbu sana zamonaviy oʼyinlar tarixining boshlangʼich davri hisoblanadi. Keyin ularni I Xalqaro Olimpiya oʼyinlari deb atashdi.

Olimpiya oʼyinlari sport orqali barcha odamlarni birlashtiradigan xalqaro darajadagi muhim sport anjumanlaridan. Oʼyinlar har 4 yilda bir marta oʼtkaziladi va butun insoniyat uchun ulkan voqelik hisoblanadi.

Olimpiya oʼyinlarini tashkil etish gʼoyasi frantsuz jamoat arbobi, tarixchi, yozuvchi Pьer de Kubertenga tegishli. 1894 yil iyun oyida uning tashabbusi bilan Parijda Xalqaro kongress boʼlib oʼtdi. Ishtirokchilar oldida qadimgi oʼyinlardan namuna olib, Xalqaro Olimpiya Qoʼmitasi (XOQ)ni tashkil etish va oʼyinlarni oʼtkazish masalasi turardi. XOQning tashkil etilgan rasmiy sanasi 1894 yil 23 iyunь, deb hisoblanadi. Uni XOQning birinchi prezidenti Demetrius Vikelas boshqargan va Pьer de Kuberten bosh kotib etib tayinlangan. Keyin Olimpiya harakatining asosiy printsiplari belgilangan Olimpiya Xartiyasi qabul qilindi. Birinchi oʼyinlarning ajdodi boʼlgan Gretsiya musobaqalarni oʼtkazish joyi sifatida tanlandi. Bu asr oxirida oʼyinlarni oʼtkazgan dunyodagi yagona mamlakat boʼldi. Gretsiyada birinchi Olimpiada – 1896, keyingilari esa 1906 yil va 2004 yillari boʼlib oʼtdi.

Birinchi oʼyinlar 1896 yil 6 apreldan 15 aprelgacha Afinada boʼlib oʼtdi. Unda 13 mamlakat vakillari ishtirok etishdi – jami 311 sportchi, ularning barchasi erkaklar edi. Oʼyinlar dasturiga 43 sport turi kiritilgan. Umumiy hisobda 43 ta medalь qoʼlga kiritildi, eng koʼp medalni yunon sportchilari jamgʼardi, 2-oʼrinda 20 ta medalь bilan AQSh jamoasi, uchinchi oʼrinda esa 13 ta medalni qoʼlga kiritgan Germaniya egalladi. Chili, Shvetsiya va Bolgariyadan kelgan sportchilar sovrinsiz uyiga qaytishdi.

Birinchi oʼyinlarning natijalari shunchalik taʼsirli va muvaffaqiyatli boʼlganki, Gretsiya hukumati ularni har doim oʼz hududida oʼtkazishni taklif qildi. Ammo XOQ maʼmuriyati joyni har 4 yilda bir marta oʼzgartirishga qaror qildi.

Keyingi ikki toʼrt yillik Olimpiya oʼyinlari uchun juda qiyin boʼldi, chunki ular Parijda (1900) va Sent-Luisda (1904) boʼlib oʼtgan Butunjahon koʼrgazmalari bilan bir vaqtda oʼtkazilgan.

Olimpiya harakati asta-sekin oʼsib bordi va 1913 yilga kelib XOQ tomonidan tasdiqlangan oʼz madhiyasi, gerbi va bayrogʼiga ega boʼldi. Olimpiya ramzi beshta – koʼk, sariq, qora, yashil va qizil rangdagi oʼzaro birlashgan halqadir. Ular dunyoning besh qitʼasi sportchilari jam boʼlishini anglatadi. Milliy Olimpiya qoʼmitalari har doim beshta halqadan foydalangan holda oʼz emblemalarini yaratishgan. Olimpiya harakatining shiori: Tezroq, Balandroq, Kuchliroq – lotincha Citius, Altius, Fortius soʼzlarining tarjimasi. Rasmiy bayroq 1914 yilda Parijda tasdiqlangan. Tashqi koʼrinishi oq mato boʼlib, uning oʼrtasida beshta halqa bor.

Yana bir muhim ramz – bu Olimpiya mashʼalasi. U mezbon shaharda alanga va bahslar tugaguncha yonib turadi. 1928 yilda anʼana qayta tiklandi va u qadimgi Yunonistonda alanga oldirilgan. Olimpiya ramziga 1968 yilda Mexiko shahrida boʼlib oʼtgan yozgi oʼyinlarida paydo boʼlgan tumor ham kiritilgan. Olimpiya Xartiyasiga binoan tumor shaxs, ertak qahramoni yoki hayvon boʼlishi mumkin. Bu asosiy sport voqeasi mezbon mamlakatining milliy xususiyatlarini aks ettiradi. Vaqt oʼtishi bilan, tumor oʼyinlarni qoʼshimcha moliyalashtirish manbai sifatida ishlatilishi mumkin boʼlgan savdo markasiga aylandi.

124 yillik tarixi davomida 31 ta yozgi Olimpiya oʼyinlari oʼtkazildi, 1916, 1940 va 1944 yillardagi urushlar tufayli uch marta oʼyinlar bekor qilindi. Masalan, Tokio Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi tufayli kechiktirilganidek, Oʼyinlar bir necha bor muddatini oʼzgartirishga qaror qilingan. Olimpiya Nizomiga binoan, olimpiada hattoki oʼtkazilmagan taqdirda ham oʼz sonini oladi (masalan, VI – 1916-1919 yillarda, XII – 1940-1943 yillarda, XIII – 1944-1947 yillarda).

Birinchi qishki Olimpiya oʼyinlari 1924 yilda tasdiqlangan va ular dastlab yozgisi bilan bir yilda oʼtkazilgan. Biroq, 1994 yildan beri ularni oʼtkazish yozgi oʼyinlar vaqtiga nisbatan 2 yilga oʼzgargan. Shuning uchun ular oʼz raqamiga ega. Hammasi boʼlib 23 ta qishki Olimpiya oʼyinlari boʼlib oʼtdi. Ularning soʼnggisi 2018 yilda Pxyonchxanda (Janubiy Koreya) oʼtkazildi. Birinchi Qishki Olimpiya oʼyinlari 1924 yilda Shamonida (Frantsiya) boʼlib oʼtdi. Qishki Olimpiya oʼyinlari ikki marta Norvegiya, Shveytsariya va Avstriyada

tashkil etildi.

AQSh eng koʼp oʼyin oʼtkazgan mamlakat, undan keyin Frantsiyava Buyuk Britaniya. Osiyo mamlakatlari orasida Yaponiya uch marotaba oʼyinlarni oʼtkazgan peshqadam davlatdir: 1964 yilda XVIII yozgi Olimpiya oʼyinlari, 1972 yilda IX qishki Olimpiya oʼyinlari, 1998 yilda XVIII qishki Olimpiya oʼyinlari.

Avstraliya (1956 va 2000 yillarda), Shvetsiya (1912 va 1956) va Kanada (1976 va 1988 yillarda) Olimpiya oʼyinlarini ikki marta oʼtkazishga musharraf boʼlishdi.

Gollandiya, Rossiya, Belьgiya, Ispaniya, Meksika, Xitoy oʼyinlarni bir martadan qabul qilgan. Masalan, XXII Olimpiya oʼyinlari 1980 yilda SSSR, Yugoslaviya esa 1984 yilda XIV qishki olimpiya oʼyinlarini oʼtkazilgan.

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

olympic.uz