Free ebooks Library zlibrary project

Doʼstlar! Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi karantin qoidalariga qatʼiy rioya qilyapti va boshqalar singari masofadan ishlash formatiga oʼtdi. Bunday sharoitda hamkasblarimizni va ular bilan kunlik uchrashuvlarni sogʼinayotganimizni angladik. Qaror uncha koʼp kuttirib qoʼymadi. Jamoa bilan bahs-munozaradan soʼng, oʼzaro diydorlashib, onlayn muloqot tashkil qildik :). Biz qiziqarli va doʼstona suhbatlar oʼtkazdik, yangiliklarimiz bilan oʼrtoqlashdik, baʼzi hamkasblarimiz oʼzlarining shaxsiy izolyatsiyasi davrida rivojlantirayotgan sevimli xobbilarini namoyish etdilar. Hamma hamkasblarini yana bir bor koʼrish va bir katta oila sifatida suhbatlashish imkoniyatidan mamnun edi. Birgalikda bu ajoyib yangi anʼana davom ettirishga qaror qilindi.

Sizga ham harakat qilishni maslahat beramiz:)

Sogʼlom boʼling va karantin qoidalariga rioya qiling!

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

olympic.uz