Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Xabaringiz bor, joriy yil oʼtkazilishi kerak boʼlgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʼyinlari bir yil ortga surildi. Boʼlajak Olimpiya oʼyinlari katta ehtimolda yoz faslida oʼtkaziladi. Bu esa 2021 yil yoz oylariga belgilangan jahon chempionatlarining oʼtkazilishiga katta taʼsir oʼtkazishi turgan gap.

Xalqaro yengil atletika federatsiyasi rahbari Sebastьyan Koe 2021 yilning 6-15 avgust kunlari oʼtishi kerak boʼlgan navbatdagi jahon chempionatini surish taklifi bilan chiqdi. Taklifga koʼra, АQShning Yujin shahrida oʼtadigan musobaqa 2022 yili oʼtishi moʼljallangan. Eslatib oʼtamiz, yengil atletika boʼyicha jahon chempionatlari har ikki yilda bir marotaba oʼtkaziladi.

Аgar ushbu qaror maʼqullanadigan boʼlsa, yengil atletikachilarni ketma-ket 5 yil mobaynida har yozda yirik musobaqalar kutib turadi. Bunday vaziyat muxlislar uchun yoqimli boʼlsa-da, sportchilarni bir muncha qiyin vaziyatga solib qoʼyishi turgan gap. Yengil atletika ishqibozlarini har yozda quyidagi musobaqalar kutmoqda:

2021 yil: Tokio Olimpiadasi;

2022 yil: Jahon chempionati (Yujin, АQSh);

2023 yil: Jahon chempionati (Budapesht, Vengriya);

2024 yil: Parij Olimpiadasi;

2025 yil: Jahon chempionati (mezbon nomaʼlum).

MOQ – olympic.uz