Free ebooks Library zlibrary project

Afsonaviy Venera Milosskaya haykali 200 yil muqaddam yunon dehqoni va fransuz dengizchisi tomonidan topilganligini bilarmidingiz? Аjablanarli tomoni shundaki, bu sanʼat va madaniyat asarlari tasodifan kashf qilingan yagona voqea emas.

Venera Milloskaya

Mashhur haykalni yunon dehqoni Yorgos Kentrotas va frantsuz dengiz ofitseri Olive Vute bilan birga topganda, haykalning qoʼllari bor edi. Ha, doʼstlar haykalni Milos orolidagi amfiteatr xarobalaridan qazib olishdi.

Olib ketish uchun kemaga yuklanganida Veneraning qoʼllari sinib ketdi. Gap shundaki, oʼshanda dengizchilar va mahalliy amaldorlar oʼrtasida janjal chiqadi. Ikkinchi tomon haykalning olib ketilishini xohlamasdi. Janjal natijasida haykal yiqilib, qoʼllari uzilib qoldi.

Tutanxamon maqbarasi

Arxeolog Govard Karter afsonaviy tobutni tasodifan kashf etgan, deb aytish mumkin. Ingliz olimi qorongʼi tuynukka qoqilib tushadi, sinchkovlik bilan tikilib, bir zinapoya koʼradi. U yerni qazib, zinapoyani ochdi va u oʼz navbatida devor bilan oʼralgan eshikka olib keldi. Eshik ortida firʼavn qabri. Uning ichida bebaho sanʼat asarlari bor edi. Ular orasida Tutanxamonning katta oltin niqobi mavjud.

Tom Kutyur portreti va boshqalar

«Uchinchi Reyx»ning shafqatsiz rejimi koʼplab chayqovchilar uchun yaxshi zamin yaratdi. Natsistlar modernizmni «degenerativ» deb hisoblashgan. Bu modernistlarning rasmlarini behuda sotib olgan Kornelius Gurlitt otasi uchun foydali boʼldi. U, shuningdek, fashistlar Germaniyasidan qochishga majbur boʼlgan yahudiylardan rasmlarni arzimagan chaqaga sotib olgan. Faqat 2010 yilda, Syurix-Myunxen poezdida yoʼlovchi Kornelius Gurlittdan bojxona xodimlari tomonidan eʼlon qilinmagan katta miqdordagi pul topishganida, mojaro kelib chiqadi. Shunda Gurlitt otasidan qolgan 1500 ga yaqin rasmni nopok usulda saqlab kelgani maʼlum boʼladi. Toma Kutyur portreti singari koʼplab rasmlar merosxoʼrlarga qaytarilgan.

 

Milliy olimpiya qoʼmitasi

Olympic.uz