Free ebooks Library zlibrary project

Triatlon boʼyicha Oʼzbekiston terma jamoasi vakillari bir necha hafta mobaynida Tailandda oʼquv-mashgʼulot yigʼinini olib borayotgan edi. Koronavirus pandemiyasining tarqalishini oldini olish maqsadida yurtimizda karantin holat eʼlon qilingach, hukumatimiz tomonidan chet elda boʼlgan barcha yurtdoshlarimiz qatori triatlonchilarimizning ham Oʼzbekistonda qaytib kelishida amaliy yordam koʼrsatildi.

Viktor Zemtsev murabbiyligidagi atletlarimiz Fargʼona viloyatida 14 kunlik karantinda boʼlishdi va ahamiyatlisi, hech bir sportchimizda koronavirus infektsiyasi aniqlanmadi.

“Hurmatli Shavkat Miromonovich, bugun butun dunyoni pandemiya oʼrab olgan bir vaqtda Oʼzbekistonda sport sohasini mana shunday qoʼllab-quvvatlayotganingiz uchun minnatdorchilik bildirib qolaman. Murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, sportchiga yaqinlari va muxlislardan tashqari davlat rahbarining oʼzi qoʼllab turishi muhim ahamiyat kasb etadi. Аyniqsa, kelajakda Oʼzbekiston sharafini himoya qiladigan atletlar uchun bu juda muhimdir”, – deydi Viktor Zemtsev.

Аyni paytda ushbu sport turi boʼyicha terma jamoamizning barcha vakillari oʼz uylarida mashgʼulotlarni davom ettirishmoqda.

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

Olympic.uz