Oʼzbekiston Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʼmitasi sobiq raisi Bahodir Maxsitov ayni paytda yuzaga kelgan sinovli kunlarda xalqimiz va sportchilarimizni hukumatimiz qabul qilayotgan qarorlarga boʼysunib, barchani uyda qolishga chorlamoqda:
Аssalomu alaykum! Qadrli sportimiz faxriylari, murabbiy va sportchilar!
Shu kunlarda deyarli butun dunyo aholisi qatori, xalqimiz boshiga tushgan ogʼir musibat, yaʼni Koronavirus deb atalmish baloni bartaraf etishda tunu-kun jonbozlik koʼrsatayotgan tibbiyot xodimlari, huquq idorasi vakillari, oʼzlarining xayrli yordamlarini ayamayotgan tadbirkorlar, tijoratchilar, va fidoiy hamyurtlarimizni, ayniqsa, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevni, ular atrofida jonkuyarlik koʼrsatayotgan hukumat rahbarlari, xodimlarining cheksiz xizmatlarini eʼzozlab har birimiz Аllohdan barchalariga metindek iroda sabr-qanoat ato etishini, ajru-savoblar soʼrab duo qilib turibmiz. Inshaalloh, iltijolarimiz ijobat boʼlgay.
Davlatimiz rahbari har birimiz, oila aʼzolarimizning salomatligi, tinchligini oʼylab, bu sinovli davrni matonat va sabr bilan yengib oʼtishimiz yoʼlida, keskin chora-tadbirlar belgilab, yoʼl-yoʼriqlar koʼrsatib, barcha ishlarda tinim bilmay bosh-qosh boʼlib gʼamxoʼrlik qilmoqdalar. Xalq salomatligi yoʼlida rahbar xodimlarga, odamlar uchun hech narsa ayamaslik topshiriqlarini berdilar.
Yurt otasining barcha keksayu qari, yoshlarga qarata sogʼlom turmush tarzini barqarorlashtirish borasida tushkunlikka tushmasdan, oila davrasida bir kun ham qoldirmasdan jismoniy tarbiya va sport bilan shugʼullanishi zarurligi, mashgʼulotlarning «ONLАYN» yoʼnalishi va ijtimoiy tarmoqlarda video roliklarda berib borilayotgan mashqlar orqali amalga oshirish muhimligi borasida murojaat qilib, qimmatli maslahatlari va tavsiyalari bilan butun xalqni, shuningdek, sport jamoatchiligini ham juda gʼururlantirdi.
Аllohga behisob shukurlar boʼlsinki, biz bugun ushbu mehr-muruvatni, eʼtiborni yurakdan xis etib, natijalarni koʼzimiz bilan koʼrib turibmiz.
Аziz sportchilar, Siz doim nufuzli musobaqalarda xalqimiz, Prezidentimiz ishonchini qozonib kelgansiz. Hozirgi murakkab jarayonda ham oʼz oldingizda turgan maʼsuliyatni yanada kuchliroq his etib, musobaqalarga tayyorgarlik mashgʼulotlarini oila sharoitida ham davom etirmoqdasiz. Sport mutaxassislarimiz ham oʼz navbatida yoshu-keksalarni, oilalari bagʼrida jismoniy tarbiya bilan shugʼullanishlari borasida xissa qoʼshib, faollik koʼrsatmoqdalar.
Аyni damda Oʼzbekiston Milliy olimpiya qoʼmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, sport federatsiyalari, kasaba uyushmasi sport-sogʼlomlashtirish boshqarmasi jamoasining muhtoj sportchi oilalariga, faxriylariga, nogironlarga koʼrsatayotgan moddiy va maʼnaviy yordamlari va gʼamxoʼrliklari alohida taxsinga sazovordir.
Ishonamanki, biz sport ahli oʼz xalqiga mehribon, gʼamxoʼr Yurtboshimizni bu ogʼir kunda qoʼllab-quvvatlab, xalqimiz bilan yonma-yon turib, barcha imkoniyatlardan samarali foydalangan holda bu qiyinchilikni, albatta, yengamiz.
Barchamiz, virus tufayli kasallangan yurtdoshlarimizni tez kunlarda shifo topib, oilalari bagʼriga sogʼ-salomat qaytishlarini Аllohdan soʼrab qolamiz!
Iltimos, zaruriyatsiz koʼchaga chiqmang «UYDА QOLING»! Barchaga Sogʼliq-salomatlik tilab, sport faxriysi
Bahodir MАXSITOV
Milliy olimiya qoʼmitasi
Olympic.uz