Free ebooks Library zlibrary project

980-yil 16-avgustda tib ilmining sultoni, afsonaviy olim Аbu Аli Husayn ibn Sino yoki Аvitsenna tugʼilgan.

U umrining asosiy qismini tibbiyotga bagʼishlagan. Uning tibbiyotga oid kitoblari 600 yil davomida shifokorlar uchun qoʼllanma boʼlib xizmat qilgan. Oʼn asr avval yozilgan kitoblarida, baxtli va sogʼlom hayot kechirish boʼyicha bergan tavsiyalari bugungi kunda ham dolzarbdir.

Uning eng mashhur iqtiboslaridan parchalar keltiramiz.

Jismoniy mashqlar haqida:

«Oʼrtacha va oʼz vaqtida jismoniy mashqlar bilan shugʼullanadigan odam kasallikni yoʼq qilishga qaratilgan davolanishga muhtoj emas…»

«Jismoniy mashqlar bilan shugʼullanishni toʼxtatadiganlar tez-tez charchashadi, chunki harakat qilishdan bosh tortish natijasida tana aʼzolarining kuchi susayadi…»

«Аgar jismoniy mashq qilsangiz, dori-darmonga ehtiyoj qolmaydi».

Sogʼlom ovqatlanish haqida:

“Eng yomon ovqat – bu oshqozonni ogʼirlashtiradigan taom, yomon ichimlik esa meʼyorni oshirib, oshqozonni toʼldiradigan ichimlik…Аgar taomni meʼyoridan koʼp isteʼmol qilsangiz, ertasi kuni och qolishingiz kerak…»

«Eng yomoni, turli xil taomlarni aralash-quralash yeyish va juda uzoq vaqt ovqatlanish…”

«Juda mazali taomning zarari shundaki, siz uni juda koʼp yeyishingiz mumkin…»

 

MOQ

Olympic.uz