Free ebooks Library zlibrary project

4 yil avval Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida boʼlib oʼtgan XXXI yozgi Olimpiya oʼyinlari oʼzbekistonlik muxlislar va sportchilar uchun, mustaqil Oʼzbekiston tarixidagi eng esda qolarli musobaqa boʼlib qolgan. XXXI Yozgi Olimpiya oʼyinlarida Oʼzbekiston delegatsiyasi 4 ta oltin, 2 ta kumish va 7 ta bronza medallarini qoʼlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 21-oʼrinni egalladi. Zero, bevosita Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning Bosh vazir boʼlgan paytlarida sportga qaratgan eʼtiborlari, Olimpiya oʼyinlari uchun alohida dastur ishlab chiqilishi sport federatsiya va assotsiatsiyalarga homiylar biriktilish tizimi yaratilishi tufayli Oʼzbekiston 2016 yilga kelib Olimpiadalardagi ishtiroki boʼyicha oʼz tarixida eng yaxshi natijani qayd etdi. Eʼtibor bering, 206 davlat orasida umumjamoa hisobida 21-oʼrin! Taqqoslash uchun, mustaqil Oʼzbekiston ilk marotaba qatnashgan 1996 yilgi Аtlanta Olimpiadasida 58, Riodan avvalgi London Olimpiadasida esa 48-oʼrindan joy olgan edi.

Sportchilarimizning qanday natija qayd etganliklari, ularning bahslarini koʼpchiligimiz oynai jahon orqali tomosha qilganmiz, internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlar orqali hayajon bilan kuzatib borganmiz. Bugun, karantin paytida Rio-2016 Olimpiya oʼyinlaridagi bellashuvlardan tashqari, oʼsha payt roʼz bergan qiziqarli xotiralarni sizlar bilan baham koʼrishni lozim topdik. Ushbu voqealar orqali yana bir bor sportchi hayoti ogʼir va sinovli, noni qattiq boʼlishiga guvoh boʼlishimiz mumkin.

Batafsil MOQ saytida o’qing

 

Milliy olimpiya qo’mitasi

Olympic.uz