Free ebooks Library zlibrary project

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi Аbdujabbor Аbduvohidov Oʼzbekiston olimpiya terma jamoasi aʼzolarining karantin vaqtini qanday oʼtkazayotganini bilish maqsadida Milliy olimpiya qoʼmitasi rahbariyati bilan telefon orqali muloqotda boʼldi.

Muloqot chogʼida qoʼmita rahbari sportchilar uchun har bir daqiqa gʼanimat ekani, shunday sinovli kunlarda ularning oila bagʼridan uzoqlashmasdan mashgʼulotlarni olib borayotgani, jarayonlarni kuzatib borish uchun murabbiylar tayinlanib, ular masofaviy tarzda ishlayotgani haqida maʼlumot berdi.

Oʼz navbatida, Prezident maslahatchisi sportchilarimizning jismoniy va ruhiy ahvoli davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida ekani, ular toʼlaqonli mashgʼulot olib borishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berishga tayyor ekanini bildirdi. Muloqot yakunida А.Аbduvohidov yurtimiz sportchilariga sogʼliq, kelgusi musobaqalarda omad hamroh boʼlishini tiladi.

Milliy olimpiya qo’mitasi – Olympic.uz