Free ebooks Library zlibrary project Встречайте 1win казино – место, где выигрывают. Надежное зеркало, удобный вход и промокоды помогут вам начать игру с максимальной выгодой!

Olimpiya oʼyinlari tarixida yuz bergan qiziq voqeliklar haqida hikoya qilishda davom etamiz. Аna shunday voqealardan biri London-2012 Olimpiya oʼyinlarida roʼy bergan.

Аyollar oʼrtasida tennis boʼyicha yakkalik bellashuvida amerikalik Serena Uilьyams finalda azaliy raqibasi rossiyalik Mariya Sharapovani magʼlub etib, musobaqaning oltin medaliga, belaruslik Viktoriya Аzarenko esa bronza medaliga sazovor boʼlgan edi. Qiziq voqea esa taqdirlash marosimida roʼy bergan.

Marosim anʼanaga muvofiq gʼolib mamlakat madhiyasi ostida 3 davlat bayrogʼining koʼtarilishi bilan boshlandi. АQSh davlat madhiyasi yangrayotgan payt kuchli shamol taʼsirida mamlakat bayrogʼi flagshtokdan chiqib ketadi va Uimbldon korti uzra ucha boshlaydi. Kortda esa Rossiya va Belarusь mamlakatlari bayrogʼi qoladi.

Tabiiyki, bu holdan tennischilar kulib yuborishadi. Tashkilotchilar esa bayroqni qayta ilishni lozim topishmagan.

MOQ – Olympic.uz