Eʼtiboringizga Olimpiya oʼyinlari tarixidan qiziqarli voqeliklar haqida hikoya qilishda davom etamiz. Аna shunday qiziq hodisalardan biri 1972 yil Sapporo (Yaponiya) shahri mezbonlik qiladigan XI qishki Olimpiya oʼyinlarining ochilish marosimi repetitsiyasida sodir boʼlgan.
Xalqaro olimpiya qoʼmitasining bayrogʼi olib kirilgan payt muxlislardan biri bayroqdagi qitʼalarni anglatuvchi xalqalarni koʼrib hayratda qoladi. Аslida bayroqdagi rangli xalqalar ketma-ketligi moviy-sariq-qora-yashil-qizil boʼlishi kerak edi. Biroq, maydonga olib chiqilayotgan XOQning rasmiy bayrogʼida ranglar umuman boshqa tartibda boʼlgan.
Shunda buni sezgan muxlis bir amallab tashkiliy qoʼmita vakillariga ushbu xatolik haqida yetkazishga muvaffaq boʼldi. Dastavval, tashkilotchilar bunga ishonishmadi va baʼzi asosiy manba orqali tekshirishsaki, haqiqatda bayroq xato boʼlgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, 1952 yildan beri bosh arenaga olib chiqilayotgan bayroq 20 yil davomida “xato” boʼlgan. Qizigʼi, bungacha hech kim mazkur xatolikka ahamiyat bermagan edi.
Milliy olimpiya qo’mitasi – Olympic.uz