Free ebooks Library zlibrary project

Аyni paytda yurtimizda yuzaga kelgan pandemiya sabab hukumatimiz tomonidan fuqarolarimizning yashash tarzi, faoliyati uchun yengillik yaratish borasida qator chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Oʼz navbatida, bugungi kunda trenerlarimiz tomonidan yuzaga kelayotgan qator savollarga ham javob berilib, barcha masalalar ijobiy hal qilinmoqda.

Maʼlumki, belgilangan hujjatlarda trenerlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun nomzodlar maxsus ruxsatnomalar olishi talab etiladi. Muddatli beriladigan mazkur hujjatga ega va yaqin orada foydalanish vaqti yakuniga yetadigan ushbu ruxsatnomalar 2020 yilning 31 dekabr kunigacha amal qilinishi aytib oʼtildi.

Bu haqida Oʼzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan tasdiqlangan Oʼzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʼyicha respublika maxsus komissiya yigʼilishining bayonida (№19) maʼlum qilindi. 18 aprel kuni imzolangan ushbu bayonning 24-bandida shunday deyilgan:

“Jismoniy tarbiya va sport vazirligi (Nabiev)ning trenerlik faoliyati bilan shugʼullanish uchun ruxsatnoma muddati tugagan trenerlarning ruxsatnoma muddatini joriy yilning 31 dekabriga qadar uzaytirish toʼgʼrisidagi takliflariga rozilik berilsin”.

 

Milliy olimpiya qoʼmitasi

Olympic.uz