Free ebooks Library zlibrary project

Xalqaro Olimpiya Qoʼmitasi XOQ Аtletlar komissiyasining vakolatlarini kengaytirish masalasini koʼrib chiqmoqda.

Komissiya tarkibidagi toʼrtta sportchi: raisi Kirsti Koventri, hamraisi Danka Bartekova, frantsiyalik Toni Estange va avstraliyalik eshkak eshuvchi Jeyms Tomkins 2020 yilda Tokioda boʼlib oʼtadigan Olimpiada paytida isteʼfoga chiqishi kerak edi. Ularning sakkiz yillik muddati tugaydi, ammo toʼrt yillik davrning asosiy boshlanishi 2021 yilgacha kechiktirilishi ularning saylovgacha komissiyada qolishi ehtimolini oshirdi.

XOQ Atletlar komissiyasida jami 30 nafar sportchi toʼrtta boʼsh oʼrin uchun kurash olib boradilar. Nomzodlar orasida hamyurtimiz, «Oʼzbekiston iftixori» faxriy unvoni sohibi Oksana Chusovitina ham bor. Tashkilotning sport ishlari boʼyicha direktori Keyt Makkonellning aytishicha, XOQ ushbu komissiya tarkibidagi aʼzolarning muddati tugaganligini tasdiqlanganidan keyin saylovni keyinga qoldirish masalasida qaror qabul qiladi.

XOQ Аtletlar komissiyasi raisi va uning oʼrinbosari uchun alohida ovoz berish 2020 yil avgust oyida Tokioda boʼlib oʼtishi kerak edi. Komissiya raisi avtomatik ravishda XOQ Ijroiya qoʼmitasi aʼzosi sanaladi.

MOQ

Olympic.uz