Chegara faqat bizning ongimizda yashaydi. Biroq bor imkoniyatlarimizni ishga solsak, har qanday imkonsizliklarni yengib oʼtish mumkin.
Hozirda butun dunyo sportchilari karantinda boʼlib turibdi. Biroq yuqori sport formasini ushlab turish uchun doimiy mashgʼulotlar talab etiladi. Dunyo atletlari oʼz uylarida oʼtirib, bor imkoniyatlaridan misli koʼrinmagan darajada foydalanishmoqda. Ushbu videolavhada dunyoning turli chekkalarida atletlarning uy sharoitida qanday mashgʼulot olib borishayotganiga guvoh boʼlamiz.
Аziz hamyurtim, oʼzingiz va yaqinlaringizning salomatligi uchun uyda qoling!
Manba: XOQ Olimpiya kanali
Olympic.uz