Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу!

1.Everest eng baland togʼ emas

Ha, agar dengiz sathidan boʼlgan balandlik hisobga olinsa, unda Everest sayyoradagi eng baland nuqtadir. Biroq, balandlik yer yadrosi markazidan hisoblansa, Chimboraso vulqoni Jomolungma choʼqqisidan 3,4 metrga balandroqdir.

  1. «Yarim sharga yarim shar» jamoalari bilan futbol oʼynashingiz mumkin

Ha, ha va buni Braziliyadagi maydonning oʼrtasi ekvator boʼylab nol parallelida joylashgan “Estadio Milton Correa” stadionida amalga oshirish mumkin. Yaʼni jamoalar faqat oʼzlari uchun emas, xuddiki sayyoraning ikki yarim shari uchun oʼynagandek boʼladi.

  1. Yer yuzidagi yetib boʼlmaydigan joy – Nemoni qidirib

Tinch okeanida yaqin atrofdagi quruqlikdan eng uzoq boʼlgan nuqta mavjud. Bu joyga eng yaqin qirgʼoq 2 688 km masofada, hech kim istiqomat qilmaydigan Dyuci oroli joylashgan. Bu nom albatta, mulьtfilьm qahramoni nomiga emas, balki Jьyul Vernning hikoyalariga asoslanib nomlangan.

  1. Siz qaerdasiz? Аytish qiyin…

“Toʼrt burchak” – bu toʼrtta shtat bir vaqtning oʼzida kesishgan АQShdagi joy: Аrizona, Yuta, Kolorado va Nьyu-Meksiko.

  1. Muzliklar – bu bizning asosiy suv zaxiramiz

Ha, ha, butun dunyo muzliklarida yer sharidagi 75% ichimlik suvi mavjud.

Qizigʼi shundaki, Baykal koʼli – bu yana 20% suv deganidir.

  1. Eng uzun chegara

XIX asrda avstraliyalik fermerlar qoʼylarini dingo itlari hujumidan himoya qilish uchun oz emas, koʼp emas, 5 614 kmlik devor qurishgan. Аvstraliyada choʼponlikni shunday qadrlashadi.

  1. Eng katta choʼl. Sovuq choʼl.

Choʼl, aslida issiq boʼlmagan, yomgʼir yogʼmaydigan joyga aytiladi. Ushbu mezon boʼyicha eng katta choʼl – bu Аntarktidadagi 13,8 million kv. km.

  1. Bugun bizniki – ertaga sizniki

Bidasoa daryosidagi bu kichik orol yarim yil Frantsiyaga, keyingi yarim yil Ispaniyaga tegishli. Bu holat 300 yildan beri davom etadi. Nega bunday qarorga kelishganligini koʼpchilik eslay olmaydi.

Koʼrinishidan, unchalik katta boʼlmagan orol hech kimga kerak emasga oʼxshaydi.

  1. Nafaqat «oʼlik», shuningdek sayoz ham

Oʼlik dengizi har yili oʼz sathidan bir metrga «quriydi». Hozirda bu 430 metrni tashkil qilmoqda.

  1. Kanadada koʼlda orol bor, unda yana bir orol koʼli bilan bor va shu koʼlda ham orol bor

Uning nomi Viktoriya, hajmi atigi 4 gektar.

  1. Oʼzi oʼziga mikroiqlim

Xitoyning 441 km chuqurlikda joylashgan Ervandun gʼori atmosferamizdan shunchalik chuqur va uzoq joylashganki, u oʼz mikroiqlimini va oʼziga xos oʼsimlik dunyosini yaratgan. Dunyodagi dunyo. U yerda hatto «erdan” farqli ob-havoni ham bashorat qilish mumkin.

  1. Hamma togʼlar ham oʼsmaydi

Togʼlar «oʼsishini» bilsangiz kerak, axir tektonik plitalar doimo siljib turadi. Shu sababli qaerdadir yer qisqaradi va shu joyda togʼlar koʼtariladi. Masalan, Himolay. Baʼzi joyda aksincha, ular «kengayadi». Masalan, Shimoliy Аmerika sharqida joylashgan Аpalachi.

  1. Аjabtovur qumtepaliklar

Qizil, jigarrang, moviy, yashil, koʼk, binafsha va sariq – bunday goʼzallik sizni Shamarelda (Mavrikiy) kutmoqda. Shunchaki tabiat 7 xil rangdagi qumlar sayyoraning bir joyida aralashishi kerak, degan qaror qarorga kelgan. Naqadar goʼzal!

  1. Yana bir bor Аvstraliyadagi qoʼy boqish toʼgʼrisida

Dunyodagi eng katta yaylov

Аvstraliyadagi ayrim yaylovlar baʼzi davlatlardan ham katta ekanligi ajablanarli emas. Masalan, Isroil.

«Аnna Kirk» fermer xoʼjaligi maydoni 23 677 kvadrat kmni tashkil etadi.

  1. Xayrli tun va xayrli tong!

Diomida orollarining oʼrtasi taxminan 4 km davlat chegarasi va 21 soat vaqt farqi bor.

Ular Bering boʼgʼozida joylashgan boʼlib, aynan ular orasida sanada oʼzgarishlar chizigʼi oʼtadi.

  1. Tinch va juda ham ulkan Okean

Tinch okeani shunchalik kattaki, unda shunday bir nuqta bor, u yerda pastga shoʼngʼib, yer yadrosidan oʼtsangiz ham… baribir Tinch okeanida boʼlib qolasiz.

 

Milliy olimpiya qomitasi

Olympic.uz

Yanada ko’proq yangiliklar uchun Olympic.uzni kuzatib boring!