Free ebooks Library zlibrary project

Sizlarning zerikmasligingiz uchun yangi haftadan Oʼzbekiston qilichbozlik federatsiyasi (OʼQF) Milliy terma jamoa aʼzolari uchun yangi loyihada ishtirok etishni taklif etadi. Sportchilar jismoniy mashgʼulotlardan tashqari oʼz tanlovlari asosida qoʼshiq yoki sheʼr tayyorlab taqdim qilishlari kerak boʼladi.

 

Bu sportchilarimizning intellektual, musiqiy mahoratlarini aniqlash, shuningdek, qiyin vaziyatlardan chiqish qobiliyati uchun oʼziga xos sinovdir. Buning uchun vazifa – sportchilarimiz 5 kishidan boʼlinib bir jamoani tashkil etadilar va hafta davomida bitta qoʼshiq kuylab yoki sheʼr oʼqib berishlari kerak boʼladi.

 

Hakamlar hayʼati OʼQF vakillaridan iborat. Yakunda eng yaxshi jamoa tanlab olinadi. Ular karantindan soʼng “kutilmagan sovgʼa” bilan mukofotlanishadi. Barcha ishtirokchilarga omad tilaymiz!

 

Birinchi ishtirokchimiz – qilichbozlik boʼyicha Oʼzbekiston Milliy terma jamoasi aʼzosi Zaynab Dayibekova. U Qoraqalpoq shoiri Ibrayim Yusupovning qalaqalpaq tili haqidagi sheʼrini taqdim qiladi.

MOQ

Olympic.uz