Bugun Toshkent shahrida “CAFA U-17 Championship 2025” turniri start oldi.
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi turnirdagi ishtirokini Qirg‘iz Respublikasiga qarshi bahs bilan boshladi.
Ushbu uchrashuvda Sergey Chigodayev boshqaruvidagi jamoamiz 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoamizning gollariga Ahrorbek Ravshanbekov (24′), Laziz Abduraimov (65′, 71′ pen.), Rustam Aliyev (74′) va Humoyun Sindarov (90+4’) mualliflik qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston U-16 terma jamoasi “A” guruhida 1-o‘rinda bormoqda.
Vakillarimiz guruh bosqichidagi navbatdagi uchrashuvni 28-may kuni Eronga qarshi o‘tkazadi.
Shuningdek, urnirdagi dastlabki uchrashuvda Turkmaniston 1:0 hisobida Afg‘onistonni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi.