Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Bugun Tailand yashil maydonlarida futbol bo‘yicha 23 yoshgacha o‘yinchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi.

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi musobaqaning “C” guruhidan o‘rin olgan bo‘lib, ilk o‘yinini ertaga Eronga qarshi o‘tkazadi.

Bugun esa “Tinsulanon” stadioni anjumanlar zalida terma jamoalar ustozlari ishtirokida o‘yinoldi matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirdi:

– Oldinda bizni qiziqarli, lekin shu bilan birgalikda qiyin o‘tadigan musobaqa kutib turibdi. Guruhimizdan o‘rin olgan barcha jamoalar kuchli. Ayni paytda barchada imkoniyat bir xil. Har bir jamoa guruhdan keyingi bosqichga chiqishi mumkin. Biz musobaqaga yaxshi hozirlik olib bordik. Oldinda bizni Eron bilan uchrashuv kutib turibdi. Shu o‘yinni foydamizga hal etgach, keyin qolgan bahslarga e’tibor qaratmiz.

Tarkibga eng munosib deb bilgan futbolchilarni jalb etganmiz. Nasib etsa, barcha muxlislarni g‘alabalar bilan xursand qilishga harakat qilamiz, – dedi tajribali mutaxassis.

O‘z navbatida Eron terma jamoasi ustoz Hamid Estili quyidagicha fikr bildirdi:

– Musobaqa oldidan barcha ishtirokchilarga omad tilayman. Har bir o‘yin shiddatli o‘tishi tayin. Guruhimizdan juda kuchli jamoalar o‘rin olishgan.  Bilasizmi, 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi musobaqalar negadir FIFA kunlaridan boshqa sanalarda o‘tkaziladi. Shu sababdan o‘yinchilarni tarkibga jalb etishda biroz qiynaldik. Har qanday musobaqada dastlabki o‘yin qiyin kechadi. O‘zbekiston bilan bahs ham oson o‘tmasligi tayin. Lekin biz bor mahoratimizni ishga solishga urinamiz, – dedi Eron terma jamoasi ustozi.