Koronavirusdan saqlanish uchun tavsiyalar
– Ommaviy tadbirlarda ishtirok etishdan imkon qadar cheklaning;
– Qo‘llarni tez-tez, yaxshilab sovun bilan yuving;
– Spirtli dezinfeksiyalovchi vositalardan foydalaning;
– Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling;
– Yuz-ko‘zingizni toza bo‘lmagan qo‘l bilan ushlamang;
– Shamollash yoki gripp alomatlari bor odamlar bilan yaqin, yuzma-yuz muloqot qilishdan cheklaning;
– Isitma, yo‘tal va nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling;
– Eng muhimi — shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy ravishda qat’iy rioya qiling.