Free ebooks Library zlibrary project

Belarus Premier Ligasi 8-turida hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboev va Shahboz Umarov faoliyat olib borayotgan “Energetik-BGU” jamoasi musobaqa peshqadami – “Slutsk” mehmoni bo’ldi.

Qiziqarli tarzda kechgan o’yinda Yaxshiboev dubl qayd etdi va jamoasiga g’alaba taqdim etdi – 2:1.

O’yindan so’ng Minsk jamoasi muxlislari hamyurtimizni o’yinning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.

Qayd etish joiz, musobaqa to’purarlar bahsida Jasur Yaxshiboev 8 ta o’yindan so’ng 6 ta gol va 1 ta golli pas bilan peshqadamlik qilmoqda.