Free ebooks Library zlibrary project В 1win казино регистрация занимает всего пару минут. Вход через зеркало и промокоды помогут вам наслаждаться игрой и увеличат ваши шансы на победу! Discover the Phantom Wallet Extension—your secure and user-friendly tool for managing Solana assets. Enjoy seamless transactions and dApp access with ease!

Oʻzbekiston U-20 qizlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ilhom Xanjariyev U-20 ayollar Osiyo kubogi oldidan oʻz fikrlarini bildirib o‘tdi.

Jamoaning tayyorgarligi haqida

Osiyo kubogiga bir yil davomida tayyorgarlik ko‘rdik. 2022-yilda ushbu turnir mamlakatimizda o‘tkazilishi aniq bo‘lgan va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan reja ishlab chiqilgan edi. 2023-yil fevral oyida Xalqaro o‘rtoqlik turnirida qatnashdik, mart oyida Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bahslarida ishtirok etdik. Iyul oyida Minsk shahrida Belarus terma jamoasiga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushdik. Noyabr oyida esa Koreya Respublikasi terma jamoasi bilan ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdik. Umuman olganda 2023-yildagi tayyorgarlikdan so’ng Osiyo kubogida ishtirok etadigan tarkibning deyarli 90 foizi tanlab olindi. 2024-yildagi yig‘inlarda futbolchilarning funksional hamda jismoniy tayyorgarligiga ko‘proq urg‘u qaratdik. Hozirda barcha o‘yinchilar optimal holatda. Ushbu musobaqa mamlakatimizda ayollar futboli yanada rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

Tarkibdagi futbolchilar haqida

O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarkibida Parij-2024 Olimpiya oʻyinlarining yakuniy saralash bosqichi doirasida Avstraliyaga qarshi uchrashuvda ishtirok etgan yetakchi futbolchilarimiz Osiyo kubogi boshlanguniga qadar jamoaga qo‘shilishadi. Ular optimal holatda yetib keladi deb o‘ylayman. Ulardagi muammo faqat uzoq masofali parvozlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Ochilish uchrashuvi va Xitoy Taypeyi terma jamoasi haqida

Turnirdagi birinchi uchrashuvni 3-mart kuni Xitoy taypeyi terma jamoasiga qarshi o‘tkazamiz. Bu jamoa so‘nggi yillarda ancha o‘sishga erishdi. Tailandda o‘tgan Osiyo kubogi saralash bosqichida ham ushbu jamoaga qarshi bahs olib bogan edik. O‘sha o‘yindan kelib chiqqan holda ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qilib boryapmiz. Dastlabki o‘yinga ko‘p narsa bog‘liq, undagi natija musobaqa kayfiyatini belgilab beradi.

Jamoaning turnirdagi maqsadi haqida

Turnirda nafaqat Osiyo, balki jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan Yaponiya, KXDR, Koreya Respublikasi, Xitoy va Avstraliya singari jamoalar ham g‘oliblik uchun kurashadi. Bizni oldinda juda muhim o‘yinlar kutib turibdi. O‘z uyimizda o‘yin o‘tkazishimiz, bizga qo‘shimcha kuch bag‘ishlaydi. Guruh bosqichida yaxshi natija qayd etib, Jahon chempionatiga yo‘llanma olish eng asosiy maqsadimizdir.